
- 7
- 05.12.2025 14:32:00
- 1 min read
2003-yildan beri Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisiga taqdim etiladigan nufuzli Golden Boy mukofotining 2025-yildagi g‘olibi — Fransiya terma jamoasi va PSJ vingeri Dezire Due bo‘ldi.
20 yoshli Dezire Due o‘tgan mavsumda haqiqiy kashfiyotga aylandi. Parijdagi gigant bilan birga u jamoaning Chempionlar Ligasidagi tarixiy yutuqlariga muhim hissa qo‘shdi: tezligi, texnikasi va yakunlovchi qobiliyati bilan raqib mudofaasini buzishda muvaffaqiyatli bo‘ldi. Ular bilan erishilgan muvaffaqiyatlar Due’ning xalqaro maydondagi mavqeini keskin oshirdi va nufuzli Golden Boy sovriniga loyiq ko‘rildi.
Dezire Due 2024-yil yozida «Renn»dan 50 million yevroga PSJga ko‘chgandi. O‘sha transferdan keyin u tezda asosiy tarkibda o‘z o‘rnini mustahkamladi va jamoaning hujum chizig‘ida hal qiluvchi figuralardan biriga aylandi. Shu yilgi Golden Boy taqdirlashida u Gylеr, Kubarsi, Xeysen va boshqa yosh yulduzlarni ortda qoldirib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi — bu uning jamoaviy va shaxsiy muvaffaqiyatlari uchun muhim tan olinishdir.
Mukofot Dezire Due uchun nafaqat shon-sharaf, balki kelajakdagi katta umid va mas’uliyat ramzidir. Endi uning oldida klub va terma jamoa darajasida yanada yuqori cho‘qqilarni zabt etish vazifasi turibdi. Futbol mutaxassislari uning tezkor rivojlanishini va keyingi yillarda katta klublar va milliy jamoalardagi muvaffaqiyatlarini yuqori baholamoqda.