Maktabda o‘quvchini kaltaklagan direktor o‘rinbosariga hayfsan berildi

Maktabda o‘quvchini kaltaklagan direktor o‘rinbosariga hayfsan berildi
  • 0
  • 26.01.2026 09:58:00
  • 1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchisini tayoq bilan urayotgan erkak aks etgan video tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, voqea Andijon viloyati Izboskan tumanidagi 11-maktabda sodir bo‘lgan. Bolaga zo‘ravonlik qilgan shaxs maktabning direktor o‘rinbosari ekani aniqlangan. Qayd etilishicha, hodisa 23-yanvar kuni maktab hududida sodir bo‘lgan. Videoda direktor o‘rinbosari o‘quvchilarga darsga kirish bo‘yicha ko‘rsatma berish chog‘ida bolani urayotgani tasvirlangan.
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, pedagog va o‘quvchi munosabatlariga zid harakatlari uchun direktor o‘rinbosariga hayfsan berilgan. Holat yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News