
- 2
- 08.06.2026 10:52:00
- 1 min read
Masalliqlar:
200 gr sariyog‘
4 dona tuxum sarig‘i
160 gr 15-20% li smetana
320 gr un
4 gr razrixlitel
1 gr vanillin
1 gr tuz
Beze uchun:
4 dona tuxum
240 gr shakar
100 gr grek yong‘og‘i
Kremi uchun:
200 gr sariyog‘
350 gr qaynatilgan quyultirilgan sut
10 gr konyak
Tayyorlanishi:
Idishga xona haroratida erigan sariyog‘, shakar, tuxum sarig‘i va smetana solinib, shakar eriguncha yaxshilab ko‘pirtiriladi. Keyin, un, razrixlitel, vanillin va tuz qo‘shilib, yumshoqqina xamir qoriladi. Tayyor bo‘lgan xamir 2 soatga muzlatkichga yuboriladi. Xamir tinguncha, beze tayyorlab olinadi. Birinchi tuxum oqi yaxshiab ko‘pirtirilib, oz-ozdan shakar qo‘shiladi. Va maydalangan yong‘oq bilan aralashtiriladi. Tingan xamir to‘rtga bo‘linib, dumaloq shaklda bir xil qilib yoyiladi. Yoyilgan xamir ustidan beze surtilib, 150°C da 40–50 daqiqa pishiriladi. Tortning kremi uchun xona haroratida erigan sariyog‘, hajmi oshguncha ko‘pirtiriladi. Yaxshi ko‘pirgandan so‘ng, qaynatilgan quyultirilgan sut va konyak qo‘shiladi. Tort dumaloq qolibga solinib, har bir qavatiga krem surtib chiqiladi. Ustki bezagi uchun 50 gr qora shokoladga, 30 gr issiq sut qo‘shilib, blenderda aralashtiriladi. Shokoladli krem bilan tortning ustki qismi bezatiladi. Hashamatli “Markiza” tortimiz tayyor.
Yoqimli ishtaha☕️🍰