- 5
- 25.04.2026 16:50:00
- 1 min read
Masalliqlar:
1 dona katta banan
3 osh qoshiq shokolad pastasi
2 dona tuxum
2 stakan sut
2 stakan o‘simlik yog‘i
1,5 stakan un
1 osh qoshiq kakao
1 paket razrixlitel
1 paket vanillin
Tayyorlanishi:
Barcha masalliqlarni idishga solib, blenderdan o‘tkazing yoki ko‘pirtirgich bilan aralashtirib oling. Tayyor xamirni tovaga solib, qopqog‘ini yoping va juda past olovda 35–40 daqiqa pishiring.
Kremi uchun:
Idishga 2 stakan sut, 2 osh qoshiq shokolad pastasi va 2 osh qoshiq sariyog‘ solib, qaynating. So‘ng gazdan oling va 2 osh qoshiq tomchili shokolad qo‘shing. Krem sovuguncha vaqti-vaqti bilan arlashtirib turing. Keyin kremni iliq keks ustiga quyib, dasturxonga torting.
Yoqimli ishtaha!😘