Gruziyada O‘zbekiston elchixonasi ochilib, bog‘lardan biriga Alisher Navoiy nomi beriladi

Gruziyada O‘zbekiston elchixonasi ochilib, bog‘lardan biriga Alisher Navoiy nomi beriladi
  • 1
  • 03.07.2026 14:14:00
  • 1 min read

Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga davlat tashrifi doirasida Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar o‘tkazildi. Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-tranzit, turizm hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Shavkat Mirziyoyev Gruziya tomoniga Tbilisidagi bog‘lardan biriga buyuk shoir Alisher Navoiy nomini berishga qaror qilgani uchun minnatdorlik bildirdi. Muzokaralar natijasida erishilgan kelishuvlar ijrosini taʼminlashga qaratilgan qo‘shma “yo‘l xaritasi” tayyorlanishi belgilandi.

Muzokaralarda o‘tgan yili o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 270 million dollarni tashkil etgani, yaqin yillarda esa, bu ko‘rsatkichni 1 milliard dollarga yetkazish maqsadi belgilandi. Buning uchun savdo bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, Poti va Batumi portlaridan samarali foydalanish, Gruziyada logistika xabi va O‘zbekiston mahsulotlari uchun shourum tashkil etish, “Boku – Tbilisi – Kars” temir yo‘lini “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li bilan bog‘lash imkoniyatlarini o‘rganish yuzasidan kelishuvga erishildi. Shuningdek, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, energetika, farmatsevtika, axborot texnologiyalari, turizm va boshqa yo‘nalishlarda yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi. Loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shma Investitsiya jamg‘armasini tashkil etish taklifi ham ilgari surildi. Bundan tashqari, O‘zbekistonning Gruziyadagi elchixonasini ochish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

 

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News