
- 0
- 07.02.2026 16:41:00
- 1 min read
Bangladesh shimolida Nipah virusini yuqtirgan ayol vafot etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bemorda kasallik alomatlari 21-yanvar kuni boshlangan. U isitma, tutqanoq, bosh og‘rig‘i va kuchli so‘lak ajralishi bilan kechgan. Ayol bir hafta o‘tib vafot etgan, tashxis esa o‘limidan keyin tasdiqlangan. Bemor bilan aloqada bo‘lgan 35 kishi tibbiy nazoratga olingan, ularning barchasida test natijalari manfiy chiqqan. Yangi yuqtirish holatlari aniqlanmagan. JSST ma’lumotiga ko‘ra, Nipah virusining o‘lim ko‘rsatkichi 40–75 foizni tashkil etadi. Virusdan himoyalanish uchun mevalarni yaxshilab yuvish va hayvonlar bilan himoya vositalarisiz aloqa qilmaslik tavsiya etiladi.