Qashqadaryoda Damas portlab ketdi

Qashqadaryoda Damas portlab ketdi
  • 0
  • 07.03.2026 15:52:00
  • 1 min read

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida Damas’ning gaz balloni portladi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa bugun, 7-mart kuni “Yangiobod” MFY hududidagi chorrahada harakatlanmay turgan avtomobilda gaz ballonining texnik nosozligi sabab yuz bergan. Portlash oqibatida hech kim jarohatlanmagan va yong‘in kelib chiqmagan. Hozirda hodisa sabablari va yetkazilgan zarar aniqlanmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News