Xitoyda suv ombori yorilib ketdi

Xitoyda suv ombori yorilib ketdi
  • 1
  • 09.07.2026 16:45:00
  • 1 min read

Xitoyning Guansi avtonom rayonida kuchli yog‘ingarchilik va tayfun ta’siri oqibatida Liulan suv omborining to‘g‘oni o‘pirilib, katta hajmdagi suv quyi hududlarga oqib tushdi. Tabiiy ofat natijasida aholi yashash punktlarini suv bosgan, hududda favqulodda holatning eng yuqori — I darajali rejimi joriy etilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, suv omborining yorilishi oqibatida kamida 39 kishi halok bo‘lgan, yana 9 kishi bedarak yo‘qolgan. Qutqaruv xizmatlari hodisa joyida uzluksiz ish olib bormoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News