
- 3
- 06.04.2026 17:34:00
- 1 min read
Dog‘istonda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 5-aprel kuni Gejux to‘g‘oni yorilib, bir qator hududlarni suv bosdi. Tabiiy ofat uy-joylar, yo‘llar va elektr tarmoqlariga zarar yetkazib, qariyb 20 ta tumanda elektr ta’minotini chekladi. Eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlar orasida Maxachqal’a, Darband va boshqa tumanlar bor. Maxachqal’ada 3,8 mingga yaqin uy zarar ko‘rgan. Hodisa oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, jumladan 5 yoshli qizning jasadi oqim olib ketganidan so‘ng topilgan. Favqulodda vaziyat sabab 4 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilingan.