Jingalak sochli sher

Jingalak sochli sher
  • 7
  • 30.10.2025 18:32:00
  • 1 min read

Keniyada joylashgan Masai-Mara milliy qo‘riqxonasida yovvoyi tabiat fotosuratchisi Kambiz Kameo Purganad tomonidan olingan jingalak yolli sherning surati internetda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Nzuri laqabli bu sherning noodatiy jingalak yollari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi. U avval Topi Pride to‘dasiga mansub bo‘lgan, hozir esa yettita erkak sherdan iborat yangi guruh tarkibida.
Fotografning so‘zlariga ko‘ra, Nzuri hozirda Masai-Maradagi eng chiroyli sherlardan biri hisoblanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News