
- 1
- 11.08.2025 09:28:00
- 1 min read
“Kristal Pelas” Angliya Superkubogi uchun kechgan bahsda kimsan “Liverpul”ni penaltilar seryasida mag‘lub etib, ilk bor ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi. O‘yinning asosiy vaqtida 2-2 qayd etilgach, jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat qilishdi. Unda omad “Kristal Pelas”ga kulib boqdi. Jamoa o‘tgan mavsumda Angliya kubogini qo‘lga kiritgandi.
Unga qadar klub 119 yillik tarixi davomida bironta ham arzirli sovrin yuta olmagandi.