Hindistonda timsoh 12 yoshli bolani yeb qo‘ydi

Hindistonda timsoh 12 yoshli bolani yeb qo‘ydi
  • 0
  • 18.07.2026 18:37:00
  • 1 min read

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida 12 yoshli bola timsoh hujumi oqibatida halok bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, bola amakisi bilan dalada ishlagach, uyga qaytayotib daryo bo‘yida qo‘l-oyoqlarini yuvayotgan paytda timsoh hujumiga uchragan. Yirtqich uni oyog‘idan tishlab, daryoga sudrab ketgan. Mahalliy aholi taxminan besh soatlik qidiruvdan so‘ng bolaning jasadini topgan. O‘rmon xo‘jaligi vakillariga ko‘ra, timsoh jasadni qisman yeb yuborgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bolaning ota-onasi avvalroq vafot etgan. Mahalliy hokimiyat uning oilasiga 400 ming rupiy miqdorida moddiy yordam ajratilishini ma’lum qilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News