
- 9
- 01.05.2026 12:37:00
- 1 min read
Krishtianu Ronaldu “Al-Ahli” muxlisini “yedirdi”
Kecha, Krishtianu Ronaldu bilan qiziqarli holat yuz berdi.
U muxlis bilan Chempionlar Ligasi sovrinlari haqida hazilomuz tarzda bahslashdi. “Al-Ahli” muxlisi “bizda ikkita kubok bor” deganida, Ronaldu “menda esa beshta” deb javob qaytardi.
Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu kecha o‘zining 970-golini urdi. Endi esa futbol muxlislari kutayotgan tarixiy natija - 1000 ta golga yetishi uchun atigi 30 ta gol qoldi. Sizningcha 30 ta golni shu yil yakunigacha ura oladimi? Izhohlarda o‘z fikringizni qoldiring.