🍗 QARSILDOQ TOVUQ

🍗 QARSILDOQ TOVUQ
  • 1
  • 07.09.2026 11:13:00
  • 1 min read

Masalliqlar:
1 kg tovuq ko‘kragi
2 dona tuxum
1 stakan suv
yarim stakan sut
5 dona qirg‘ichdan chiqarilgan sarimsoq
1 choy qoshiqdan tuz, qizil qalampir kukuni va zira
1 choy qoshiq osh sodasi
2 stakan un

Tayyorlanishi:
Tovuq ko‘kragini o‘rtacha kattalikda to‘g‘raymiz. Tuxum, suv, sut, sarimsoq, tuz va ziravorlarni yaxshilab aralashtiramiz. Unni qo‘shib, quyuq xamirga o‘xshash massa tayyorlaymiz. Tovuq bo‘laklarini tayyorlangan aralashmaga solib, yaxshilab aralashtiramiz va 4 soat davomida muzlatkichda tindiramiz. Tindirilgan tovuq go‘shtini un va tuz aralashmasiga yaxshilab bulab, ortiqcha unini qoqib tashlaymiz. Oxirida qizigan yog‘da oltinrang tusga kirib, qarsildoq bo‘lguncha qovuramiz.

Yoqimli ishtaha! ❤️🍗
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News