
- 0
- 21.02.2026 11:30:00
- 1 min read
Turkiyaning Batman viloyatida egasidan qochgan sigirlar maishiy texnika do‘koniga bostirib kirdi. 17-fevral kuni yuz bergan hodisada 9 ta sigir savdo nuqtasiga yugurib kirib, ayrim texnikalarni ag‘darib yuborgan. Voqea kuzatuv kameralariga qayd etilgan. Tegishli xizmatlarga xabar berilgach, hayvonlar qisqa vaqt ichida ushlangan.