19 yillik turmushdan keyin opa-uka bo‘lib chiqqan er-xotin

19 yillik turmushdan keyin opa-uka bo‘lib chiqqan er-xotin
  • 15
  • 24.01.2026 07:44:00
  • 1 min read

Braziliyada 39 yoshli Adriana uzoq yillar davomida biologik onasini izlab yurgan. Ammo bu izlanishlar uni dahshatli haqiqat bilan yuzlashtirdi — uning 37 yoshli eri Leandro aslida o‘zining tug‘ishgan ukasi bo‘lib chiqdi.
Adriana va Leandro qariyb 20 yil davomida er-xotin sifatida yashashgan, birgalikda qiz farzandni voyaga yetkazishgan. Ikkalasi ham bolaligida onasiz ulg‘aygan va ularni dunyoga keltirgan Mariya ismli ayolni topishga urinib kelishgan. Ular bu jarayonda o‘zaro qarindosh ekanliklaridan mutlaqo bexabar bo‘lishgan. Yillar o‘tib, Adriana yordam so‘rab Braziliyada mashhur bo‘lgan “Radio Globo” radiosining “Vaqti keldi” nomli ko‘rsatuviga murojaat qilgan. Jonli efir davomida jurnalistlar Adriana va Leandroning onasi aslida bir xil shaxs — Mariya ekanini aniqlashgan. Bu xabar juftlik uchun og‘ir zarba bo‘lgan. Adriana avvaliga buni qabul qila olmagan, oilasini yo‘qotishdan qo‘rqib kuchli ruhiy holatni boshdan kechirgan.
Mutaxassislar bunday holatlar ba’zan bolalikda bir-biridan ajratilgan qarindoshlar o‘rtasida genetik moyillik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Shunga qaramay, Adriana va Leandro ajralishga tayyor emasliklarini bildirgan. Ular munosabatlarini davom ettirishga qaror qilgan va sodir bo‘lgan voqeada onalarini ayblamasliklarini aytishgan. Bu voqea 2014-yilda sodir bo‘lgan, ammo hozir ham vaqti-vaqti bilan yangiliklarda qayta tarqalmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News