Tvorogli pirog 🍰

Tvorogli pirog 🍰
  • 6
  • 10.10.2026 18:21:00
  • 1 min read

Kerakli masalliqlar:
600 gr un
200 gr sariyog’ yoki margarin
1 dona tuxum
5 gr vanilin
10 gr razrixlitel
200 gr shakar

Nachinkasi uchun:
700 gr tvorog
2 osh qoshiq smetana
100 gr shakar
5 gr vanilin
1 dona tuxum
1 osh qoshiq un

Tayorlanishi:
Xamiri uchun shakarga 1 dona tuxum solib, yaxshilab aralashtiramiz. Unni alohida idishga solib, ustida qirg‘ichdan o‘tkazilgan sariyog‘ solamiz. Razrixlitel, vanilinniyam solib xamirni uqalab uvoq shakliga keltiramiz. Oxirida shakarli massamizniyam xamirga solib, yumshoq xamir qorib olamiz. Endi nachinkamizni tvorogiga shakar, tuxum, smetana, vanilin , 1 osh qoshiq un solib yaxshilab aralashtirib, ezib olamiz. Qolipimizga xamirimizni 3 dan bir qismini solib tekislab olamiz, tvorogli massamizni qoshiq yordamida qo’yib tekislaymiz . Ustidan qolgan xamirli urvog’imizni bir tekisda sepib chiqamiz .
170 gradusda qizigan pechimizda usti tilla rang bo’guncha 35-40 daqiqa atrofida pishiramiz. Tvorogli pirogimiz tayyor!

Yoqimli ishtaha❤🤗
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News