Tvorogli pechenye😋

Tvorogli pechenye😋
  • 5
  • 18.05.2026 15:39:00
  • 1 min read

Masalliqlar:
500 gr un
2 dona tuxum
150 gr smetana
150 gr shakar
120 gr sariyog‘
0,7 choy qoshiq razrixlitel
yarim stakan limon sharbati

Kremi uchun:
200 gr tvorog
60–70 gr shakar
1 dona limon po‘sti

Tayyorlanishi:
Idishga un, shakar, xona haroratida eritilgan sariyog‘, smetana, razrixlitel va limon sharbati solinib, yumshoq xamir qorib olinadi. Kremiga qirg‘ichdan o‘tkazilgan limon po‘sti, tvorog va shakar ishlatilib, yaxshilab aralashtirib olinadi. Tayyor bo‘lgan xamir dumaloq shaklda yoyilib, to‘rtburchak qilib kesib chiqiladi. Keyin, kesilgan xamir ichiga krem solinib, ikki cheti berkitiladi va o‘rtasi ochiq qoldiriladi. Oxirida, pechenyelar 170°C da taxminan 25–30 daqiqa pishiriladi. Pechenyelar pishgach ustiga shakar upasi sepiladi.

Yoqimli ishtaha🥰

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News