
- 0
- 06.05.2026 18:03:00
- 1 min read
Shavkat Mirziyoyev qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida byurokratiyani kamaytirish hamda nazorat samaradorligini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Taqdimotda, davlat xizmatlarini soddalashtirish, ruxsat berish jarayonlarini qisqartirish va nazoratni to‘liq raqamlashtirish taklif etildi. Qurilishni boshlash uchun talab etiladigan 8 ta hujjatdan ayrimlari bekor qilinib, jarayonlar 7 barobar tezlashtiriladi. Yangi tartibga ko‘ra, loyihalashga ruxsatnoma va arxitektura topshirig‘i yagona hujjatga birlashtirilib, “ShaffofAI” orqali avtomatik beriladi. Litsenziyalash tizimi ham soddalashtirilib, qaror qabul qilish muddati 14 kundan 5 daqiqagacha qisqaradi. Qurilish obyektlarini foydalanishga qabul qilish jarayoni ham yengillashtirilib, muddat 2 oydan 15 kungacha kamaytiriladi. Shuningdek, yirik obyektlarga majburiy videokuzatuv joriy etilib, noqonuniy qurilishlar va yashirin iqtisodiyotga qarshi nazorat kuchaytiriladi.
Bundan tashqari, “Shaffof qurilish” platformasida nazoratchilar reytingi yuritilib, qurilish materiallari sifati esa, elektron tizim orqali nazorat qilinadi. Prezident ushbu takliflarni ma’qullab, sohada samaradorlikni oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.