
- 1
- 30.01.2026 12:43:00
- 1 min read
Bugun, 30-yanvar — O‘zbekistonning birinchi prezidenti tavallud topgan kun munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Marosimda Qurʼon tilovati o‘qilib, duo qilindi, birinchi prezidentning mamlakat manfaatlari yo‘lidagi faoliyati va insoniy fazilatlari yodga olindi. Tadbirda Oliy Majlis, Prezident administratsiyasi, hukumat vakillari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari hamda jamoatchilik ishtirok etdi. Shuningdek, Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.