Soliq tizimida tozalash boshlandi: barcha tuman soliq inspeksiyalarining boshliqlarini ishdan olish buyurildi

Soliq tizimida tozalash boshlandi: barcha tuman soliq inspeksiyalarining boshliqlarini ishdan olish buyurildi
  • 0
  • 27.01.2026 14:32:00
  • 1 min read

Soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev loqaydligi va mas’uliyatsizligi sababli ishdan olindi. Toshkent shahridagi “Chorsu” bozori va “Malika” savdo kompleksida to‘lov intizomi buzilgan, tadbirkorlarning ko‘pchiligi soliq to‘lamayotgani aniqlangan. Byudjet rejasini bajarishda esa ortiqcha to‘lovlar va sun’iy soliq orttirish holatlari kuzatilgan. Mirzayev yetti yil ishlagan bo‘lib, aynan ushbu yo‘nalish uchun javobgar edi. Shunigdek, Soliq qo‘mitasiga Toshkent shahridagi barcha tuman soliq inspeksiyalari boshliqlarini ishdan olib, ularning o‘rnini vazifasini bajaruvchi bilan to‘ldirishni topshirdi. Shayxontohur tumani soliq boshlig‘i X.Mullajonov va Toshkent shahar soliq boshqarmasi rahbari Y.Nasimjanov ishdan olindi. Qo‘mita raisi F.Po‘latov va yangi o‘rinbosar A.Soliyev korrupsiyaga murosasiz muhit yaratib, lavozimga loyiq yoshlarni tayinlash vazifasini oldi. Bosh prokuratura o‘rinbosari A.G‘aniyev ham soliqdan qochishga yo‘l ko‘rsatgani uchun ishdan olindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News