Xorijda ishlash istagidagi fuqarolarga til o‘qish xarajati qisman, imtihonlar to‘liq qoplanadi

Xorijda ishlash istagidagi fuqarolarga til o‘qish xarajati qisman, imtihonlar to‘liq qoplanadi
  • 1
  • 20.04.2026 18:51:00
  • 1 min read

O‘zbekistonda xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlar ko‘rib chiqilmoqda.
Unga ko‘ra, chet tilini o‘rganish xarajatining 50 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi, kasbiy malaka imtihonlari esa to‘liq moliyalashtiriladi.

Hozirda 1,2 millionga yaqin o‘zbekistonlik 40 ga yaqin davlatda mehnat qilmoqda. Rivojlangan davlatlarda esa malakali mutaxassislarga talab ortib bormoqda — jumladan, Germaniyada 40 ming hamshira, Yaponiyada 15 mingga yaqin turli soha mutaxassislariga ehtiyoj bor.

Shu sababli “kasb+til” tamoyili asosida Germaniya, Koreya va Yaponiya bilan hamkorlikda qo‘shma o‘quv dasturlari yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgacha 12 ta loyihada 8,5 ming fuqaro tahsil olgan, ularning 3 ming nafari ish bilan ta’minlangan. Kelgusida bunday loyihalar kengaytirilib, yangi markazlar va migratsiya tayyorlov tizimi rivojlantiriladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News