Chuando Tan yosh ko‘rinish sirini ochdi

Chuando Tan yosh ko‘rinish sirini ochdi
  • 2
  • 03.03.2026 17:02:00
  • 1 min read

Bugun singapurlik model va fotograf Chuando Tan 60 yoshni qarshi oldi. 1966-yilda tug‘ilganiga qaramay, u hanuz 20 yoshlardek ko‘rinadi. Ijtimoiy tarmoqlarda 2 milliondan ortiq kuzatuvchiga ega bo‘lgan Tan ko‘pchilikni yosh saqlanish siri bilan qiziqtirib keladi.

Intizom — asosiy kalit

Uning aytishicha, natijaning 70 foizi to‘g‘ri ovqatlanish, 30 foizi esa muntazam jismoniy faollik hissasiga to‘g‘ri keladi. Tan 30 yildan buyon quyidagi qoidalarga amal qiladi:

  • Spirtli ichimliklar, qahva, shakar va sigaretdan butunlay voz kechgan

  • Kechki ovqatni iste’mol qilmaydi

  • Soat 23:00 gacha uxlashga yotadi

  • Ekran qarshisida uzoq vaqt o‘tirmaydi

  • Ko‘p miqdorda suv ichadi

Oddiy, ammo samarali ratsion

Uning kundalik ovqatlanish tartibi ham sodda:

  • Nonushta — tuxum

  • Tushlik — tovuq go‘shti yoki baliq

  • Haftasiga 3–5 marta yengil mashqlar

Qiziq tomoni, u teri parvarishida ham murakkab vositalardan foydalanmaydi — oddiy yuvinish vositasi va namlantiruvchi krem yetarli, deydi u.

Yoshini faqat sochlari oshkor etadi

Modelning aytishicha, yoshini bildiradigan yagona jihat — sochidagi oq tolalar. Ularni esa oyiga bir marta bo‘yash bilan cheklanadi.

Sog‘lom turmush tarzi va qat’iy intizom — Chuando Tanning yosh ko‘rinish siri aynan shunda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News