Shokoladli keks retsepti🍫🥰🍰

Shokoladli keks retsepti🍫🥰🍰
  • 7
  • 18.05.2026 15:16:00
  • 1 min read

Masalliqlar:
3 dona tuxum
1 stakan shakar
yarim stakan sut
yarim stakan o‘simlik yog‘i
bir yarim stakan un
2 osh qoshiq kakao
1 paket vanilin
1 paket razrixlitel

Kremi uchun:
5 stakan sut
6 osh qoshiq shakar
4 osh qoshiq un
3 osh qoshiq kakao
1 dona tuxum sarig‘i
1 paket vanilin
60 gr sutli shokolad
50 gr qaymoq

Shokoladi uchun:
100 gr qaymoq
200 gr sutli shokolad

Tayyorlanishi:
Idishga tuxum va shakar solinib, ko‘pirtiriladi. Keyin, sut va o‘simlik yog‘i qo‘shib aralashtiriladi. Oxirida, un, kakao, razrixlitel va vanillin ham qo‘shilib, suyuq massa hosil qilinadi. Tayyor bo‘lgan keks xamiri yog‘langan idishga quyilib, 160°C da qizdirilgan pechda 30 daqiqa pishiriladi. Pechga qarab pishish vaqti o‘zgarishi mumkin. Keks issiq vaqtida 2 stakan sut bilan namlab olinadi. Kremi uchun idishga sut, shakar, un, kakao va tuxum sarig‘i solinib, qaynaguncha aralashtirib turiladi. Tayyor bo‘lgan krem biroz sovigach vanilin, shokolad va qaymoq qo‘shiladi. Keyin krem keks ustiga surtilib, 30 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi. Shokoladi uchun suyuqroq qaymoqqa eritilgan shokolad solinib, keks ustidan quyiladi va 4-5 soatga muzlatgichga yuboriladi. Ustini hohishga qarab bezatishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha! ❤☕️
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News