
- 0
- 11.03.2026 08:24:00
- 1 min read
Xitoyning Chengdu shahrida ertalab ish vaqti boshlanishi bilan hayratlanarli manzara kuzatiladi. Shahardagi yirik biznes markazlarida ishlaydigan minglab ofis xodimlari osmono‘par binolardagi ish joylariga chiqish uchun lift oldida navbatga turishadi.
Qiziqarli tomoni shundaki, bu navbat har kuni bir xil tartib va intizom bilan amalga oshadi. Har bir kishi o‘z navbatini kutib, tezkor va tartibli harakat qiladi. Bu manzara Xitoyning yirik megapolislarida ish hayoti qanchalik gavjum va tez sur’atda kechishini yana bir bor ko‘rsatadi.