Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li 4 yildan so‘ng foydalanishga topshiriladi

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li 4 yildan so‘ng foydalanishga topshiriladi
  • 0
  • 24.03.2026 13:24:00
  • 1 min read

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li 2030-yilda ishga tushirilishini ma’lum qildi. Japarov bu loyiha tranzit aloqalarini ochishi va mintaqaning xalqaro ahamiyatini oshirishini ta’kidladi. Agar hozir Yevropa va Xitoy o‘rtasida ‘‘boshi berk’’ mamlakatda yashayotgan bo‘lsak, mazkur temiryo‘l qurilishi yakunlanishi bilan biz tranzit derjavasiga aylanamiz, dedi u. Ma’lumot uchun, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi 2024-yilda boshlanib, uning umumiy qiymati 4,7 milliard AQSH dollarini tashkil qiladi. Shuningdek, yangi temiryo‘l ishga tushirilishi bilan, poyezdlarda boshida 8 million tonna, 2040-yilda 10 million tonna hamda 2050-yilda 13,5 million tonna yuk tashilishi kutilmoqda. Natijada, yuklarni yetkazib berish vaqti sezilarli darajada qisqarib, bozorlarga chiqish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. Jumladan, Qirg‘iziston hukumati 30-40-yil ichida loyiha o‘zini oqlashini ta’kidladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News