Xitoy o‘quvchilarga bosimni kamaytirish uchun ortiqcha uy vazifalarini taqiqladi

Xitoy o‘quvchilarga bosimni kamaytirish uchun ortiqcha uy vazifalarini taqiqladi
  • 0
  • 28.03.2026 17:20:00
  • 1 min read

Endilikda Xitoy maktablarida o‘quvchilarga ortiqcha uy vazifasi berish, tez-tez imtihon o‘tkazish va tanaffus vaqtini qisqartirish taqiqlanadi. Bu choralar o‘quvchilarning ruhiy va jismoniy salomatligini yaxshilash, ularga tushayotgan bosimni kamaytirish maqsadida joriy etilmoqda.
Yangi qoidalarga ko‘ra, maktablar o‘quv yuklamasini oshira olmaydi, o‘qituvchilar esa tanaffus vaqtida bolalarning sinfdan chiqishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
Shuningdek, o‘quvchilarni saralash uchun imtihonlar o‘tkazish hamda yuqori natijalarni ortiqcha rag‘batlantirish amaliyoti ham cheklanadi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News