Bolalar orasida telefon qaramligi xavfli darajaga yetdi

Bolalar orasida telefon qaramligi xavfli darajaga yetdi
  • 0
  • 17.12.2025 09:31:00
  • 1 min read

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘smirlarning smartfonga haddan tashqari qaram bo‘lib qolgani aks etgan videolar tarqaldi. Videolardan birida ona qizining telefonini olib qo‘ygach, qizning jahli chiqib, hatto onasiga tashlanmoqchi bo‘lgan. Bunday holatlar albatta birinchi marta kuzatilmayapti. Dunyo bo‘ylab bir nechta o‘smirlar telefon yoki o‘yinlar sabab ota-onasiga hujum qilgan, hatto ba’zi voqealar o‘lim bilan yakunlangan.  
Mutaxassislar ota-onalarni farzandlariga ko‘proq e’tibor berishga, ularning telefon va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini nazorat qilishga chaqirmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News