Navoiyda bolalarga zo‘ravonlik qilgan tarbiyachi qamoqqa olindi

Navoiyda bolalarga zo‘ravonlik qilgan tarbiyachi qamoqqa olindi
  • 0
  • 10.04.2026 18:45:00
  • 1 min read

Avvalroq Navoiy shahridagi xususiy bog‘chada tarbiyachi bolalarga qo‘pol muomala qilib, urgani uchun ishdan bo‘shatilgani va bog‘cha faoliyati vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan tarbiyachiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u qamoqqa olindi.
Aniqlanishicha, tarbiyachi 7-aprel kuni bolalarni “tartibga solish” bahonasida kaltaklagan, shuningdek, avval ham bolalarga nisbatan muntazam zo‘ravonlik qilgan.
Holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News