
- 19
- 10.08.2026 08:54:00
- 2 min read
Masalliqlar
1kg tovuq ko‘kragi
yarim choy stakan o‘simlik yog‘i
1 osh qoshiq tomat pastasi
2 dona piyoz
5 dona sarimsoq
2 dona qizil bulg‘or qalampiri
2 dona yashil bulg‘or qalampiri
biroz qora murch, zira, quritilgan yalpiz
10 dona o‘rtacha lavash xamiri
Biroz qovurilgan kartoshka va pishloq
Sousi uchun
1 stakan suv
yarim choy stakan o‘simlik yog‘i
1 osh qoshiq tomat pastasi
Qora murch
Tayyorlanishi
Tovaga yarim choy stakan o‘simlik yog‘ini quying, ustiga to‘g‘ralgan tovuq go‘shtini soling va qopqog‘ini yopib, suvi tortilguncha pishiring. Tovuq pishgach, ustiga tomat pastasi, qora murch, qizil qalampir, zira va quritilgan yalpizni qo‘shib yaxshilab aralashtiring. So‘ng, to‘g‘ralgan piyoz va sarimsoqni qo‘shib, bir necha daqiqa qovuring. Keyin to‘g‘ralgan qizil va yashil bulg‘or qalampirlarini qo‘shing. Tovaning qopqog‘ini yopib, past olovda o‘z bug‘ida yumshaguncha pishiring. Lavash xamirlarini pishiriladigan idishingizga moslab kesing. Har bir lavash ichiga tayyorlangan tovuqli aralashmadan soling, ustiga qovurilgan kartoshka va ozgina qirg‘ichdan chiqarilgan kaşar pishlog‘i qo‘shing. So‘ng, lavashlarni rulet shaklida o‘rang. Sous uchun suv, o‘simlik yog‘i, tomat pastasi va qora murchni bir idishda yaxshilab aralashtiring. Pishiriladigan idish tagiga ozgina sous surting. Tayyorlangan lavashlarni idishga tering va qolgan sousni cho‘tka yordamida ularning ustiga surting. Oxirida ustidan qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq seping. Oldindan 180°C da qizdirilgan pechda usti chiroyli tillarang bo‘lguncha pishiring.
Yoqimli ishtaha! ❤️