
- 5
- 26.09.2026 11:35:00
- 1 min read
Masalliqlar:
1 litr sut
3 osh qoshiq un
2 osh qoshiq kraxmal
1 stakan shakar
1 osh qoshiq sariyog‘
1 paket vanillin
Murabbosi uchun:
1,5 stakan gilos
yarim choy stakan suv
1 choy stakan shakar
1 osh qoshiq kraxmal
Tayyorlanishi:
Birinchi kastryulkaga sut, un, shakar va kraxmal solib, qaynaguncha qo‘lni uzmagan holda aralashtiramiz. Qaynay boshlagach, yana 5 daqiqa pishirib, olovdan olamiz. Keyin sariyog‘ va vanilin qo‘shib, bir tekis massa hosil bo‘lguncha yana aralashtiramiz. So‘ng, tayyor massani stakan yoki piyolaga taqsimlab, solib chiqamiz. Murabbosi uchun giloslarni kastryulkaga solamiz. Shakar va kraxmalni qo‘shib, past olovda pishiramiz. Massa quyuqlashgach, olovdan olamiz va shirinlik ustidan quyamiz. Gilosli shirinlikni xona haroratida sovutib, so‘ng, muzlatkichga qo‘yamiz. To‘liq sovigach esa dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha🍷❤