Toshkentda zanjirli YTH: 15 ta avtomobil shikastlandi, 4 kishi jarohatlandi

Toshkentda zanjirli YTH: 15 ta avtomobil shikastlandi, 4 kishi jarohatlandi
  • 0
  • 06.05.2026 17:23:00
  • 1 min read

Avvalroq Toshkentda Equinox yuqori tezlikda svetoforda to‘xtab turgan avtomobillarga urilib, zanjirli YTH sodir etgani haqida xabar bergan edik. Hodisa 5-may kuni soat 16:25 atrofida Mirzo Ulug‘bek tumanida yuz bergan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 73 yoshli Equinox haydovchisi sog‘lig‘i yomonlashgani sabab boshqaruvni yo‘qotib, svetoforda to‘xtab turgan avtomobillarga borib urilgan. Natijada 15 ta avtomobil texnik shikastlangan.
Hodisa oqibatida hech kim halok bo‘lmagan. Equinox haydovchisi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Yana 3 nafar haydovchi yengil jarohat olib, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News