Centrum Air yo‘lovchini reysga chiqarmadi

Centrum Air yo‘lovchini reysga chiqarmadi
  • 15
  • 06.10.2026 17:16:00
  • 1 min read

5-oktabr kuni Centrum Air aviakompaniyasining Samara–Toshkent reysiga bloger komil_vlogs chiqarilmadi.
Blogerning aytishicha, u bort kuzatuvchisidan o‘zbek tilida gaplashishni so‘raganidan keyin reysga chiqarilmagan. Aviakompaniya esa bunga sabab yo‘lovchining xodimga nisbatan qo‘pol va tajovuzkor munosabati bo‘lganini bildirdi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yo‘lovchi bort kuzatuvchisini haqorat qilgan va yo‘lovchilar samolyotga chiqayotgan vaqtda uning ishiga xalaqit bergan. Shu sababli samolyot komandiri uni parvozga qo‘ymaslikka qaror qilgan.
Centrum Air barcha bort kuzatuvchilari o‘zbek, rus va ingliz tillarini bilishini ma’lum qildi. Voqea tafsilotlari hujjatlashtirilgani va yo‘lovchining xatti-harakatlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish masalasi ko‘rib chiqilayotgani aytildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Centrum Air aviakompaniyasining Istanbul – Farg‘ona reysida uchgan yo‘lovchilarning 99 ta bagajlari Istanbulda qoldirilgandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News