Markaziy Osiyo rahbarlari Ostonada yig‘ilishadi

Markaziy Osiyo rahbarlari Ostonada yig‘ilishadi
  • 0
  • 02.04.2026 14:44:00
  • 1 min read

Joriy yilning 22-aprel kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari Qozog‘iston poytaxti Ostonaga tashrif buyuradi. Bu haqda Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati xabar berdi. Ta’kidlanishicha, yig‘ilish Orol dengizini qutqarish xalqaro jamg‘armasi davlat rahbarlari kengashi doirasida bo‘lib o‘tadi. Jamg‘arma tarkibiga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston kiradi.
Ma’lumot uchun, ushbu prezidentlar kengashi kamida uch yilda bir marta o‘tkaziladi. Oxirgi uchrashuv 2023-yilda Dushanbeda bo‘lib o‘tgan va o‘shanda Qozog‘iston prezidenti uch yillik muddatga jamg‘arma rahbari etib saylangan edi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News