
- 2
- 10.12.2025 16:45:00
- 1 min read
Prezident farmoniga ko‘ra, 2026-yil 1-apreldan boshlab naqd pul orqali uy-joy va avtomobil oldi-sotdisi bekor qilinadi. Hujjatga muvofiq, 2030-yilgacha kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushini 1,3 baravarga kamaytirish hamda savdo va xizmatlar sohasida aholining naqd pulsiz to‘lov ulushini 75 foizga yetkazish belgilandi. 2026-yil 1-apreldan boshlab quyidagi to‘lovlar faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi: 🔹 davlat xizmatlari; 🔹 elektr, gaz va ichimlik suvi to‘lovlari; 🔹 alkogol va tamaki mahsulotlari; 🔹 yoqilg‘i shoxobchalari va elektroavtomobillarni quvvatlash xizmati; 🔹 qiymati 25 mln so‘mdan yuqori tovar va xizmatlar; 🔹ko‘chmas mulk, 10 yildan kam ishlatilgan M, N, O va G toifasidagi transport vositalari va maxsus texnika. Bu qaror iqtisodiy shaffoflikni oshirish va yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirishga xizmat qiladi.