
- 0
- 25.12.2025 15:44:00
- 1 min read
Andijon viloyatida 2026-yilning 1-yanvaridan boshlab avtobuslarda naqd pul qabul qilish amaliyoti to‘xtatiladi. Elektron to‘lovlardan foydalangan yo‘lovchilar yo‘l haqini 2100 so‘m bilan to‘lashlari mumkin. Bundan tashqari, bank kartalari, mobil ilovalar hamda ATTO transport va virtual kartalari orqali to‘lovni amakga oshirish mumkin. Naqd pul bilan to‘lash uchun esa bekatlar yoki ularga yaqin joylardagi Paynet, MultiPay yoki Oson infokiosklaridan 3000 so‘mga bir martalik QR-chipta xarid qilish talab etiladi.