
- 0
- 06.04.2026 11:23:00
- 1 min read
O‘yin oldidan 18 yoshli Alua Nurman Karlsendan selfi olishni so‘radi, u esa rozi bo‘ldi. Biroq shundan keyin Karlsen hakamlarga murojaat qilib, raqibida telefon borligini aytdi.
Turnir qoidalariga ko‘ra, o‘yin vaqtida telefonlardan foydalanish taqiqlangan. Shu sababli hakamlar Nurmanning telefonini olib qo‘ydi. O‘yin davom etdi va Karlsen g‘alaba qozondi.
Keyinchalik Nurman selfini Instagram’da joylab, bu uning orzusi ushalgani va o‘yin qiziqarli bo‘lganini yozdi hamda qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirdi.