Gonkongda samolyot dengizga qulab, ikki kishi halok bo‘ldi

Gonkongda samolyot dengizga qulab, ikki kishi halok bo‘ldi
  • 0
  • 20.10.2025 15:16:00
  • 1 min read

20-oktabr kuni Gonkong xalqaro aeroportida BAAga tegishli Emirates aviakompaniyasining Boeing 747 yuk samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, dengizga qulagan. Hodisa vaqtida samolyot xizmat mashinasiga urilgan, natijada 30 va 41 yoshli ikki erkak halok bo‘lgan. Samolyot ekipajining to‘rt a’zosi omon qolgan. Voqea tufayli 12 ta reys bekor qilindi, aeroportning shimoliy yo‘lagi vaqtincha yopildi. Gonkong hukumati halokat sabablarini tekshirishni boshlagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News