
- 0
- 13.01.2026 12:17:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan qizlardan birini mashina urib ketgani aks etgan video tarqaldi. Holat 2025-yil 7-dekabr kuni Jizzax viloyatida sodir bo‘lgan. Piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan ikki qizdan birini katta tezlikda kelgan avtomobil urib, uchirib yuborgan. Hodisa haydovchining yo‘l harakati qoidalarini buzishi sabab sodir bo‘lgan. Og‘ir tan jarohati olgan voyaga yetmagan qiz 2025-yil 20-dekabr kuni shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan, aybdor 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Haydovchi qonunga muvofiq ushlangan va tergov harakatlari davom etmoqda.