
- 0
- 30.12.2025 13:59:00
- 1 min read
26-dekabr kuni Sirdaryoda 5 kishini olib ketayotgan avtomobil kanalga ag‘darildi. Hodisa soat 21:30 atrofida sodir bo‘lgan. 2001-yilda tug‘ilgan haydovchi to‘rt nafar tanishini stadiondan olib, ularni uyiga olib ketayotganida rul boshqaruvini yo‘qotgan va mashina kanalga tushib ketgan. Haydovchi tirik qolgan, ammo 19–20 yoshli to‘rt yo‘lovchi mashinada chiqolmay cho‘kib ketgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.