
- 0
- 06.12.2025 08:43:00
- 1 min read
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro qur’adan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi:
“Bu Jahon chempionati — kim bilan o‘ynashdan qat’i nazar, hamma narsa bo‘lishi mumkin. Hayajon bor, umid qilamanki, biz oxirigacha kurashamiz,” — dedi u.
Kecha, 5-dekabr kuni 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga qur’a tashlandi. Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi “K” guruhiga tushdi. Unga ko‘ra raqiblar:
1. 17-iyun — Kolumbiya (Mexiko, “Atsteka” stadioni)
2. 23-iyun — Portugaliya (Gvadalaxara, “Gvadalaxara” stadioni)
3. 27-iyun — Kongo/Yamayka/Yangi Kaledoniya (Mayami yoki Atlanta)
Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi. Musobaqada 48 jamoa g‘oliblik uchun kurashadi.