Call of Duty yaratuvchisi Vins Zampella YTHda halok bo‘ldi

Call of Duty yaratuvchisi Vins Zampella YTHda halok bo‘ldi
  • 0
  • 23.12.2025 15:15:00
  • 1 min read

Mashhur videoo‘yinlar yaratuvchisi Vins Zampella Kaliforniyada sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida vafot etdi. Fojia 21-dekabr San-Gabriel tog‘lari orasidagi yo‘lda yuz bergan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, Zampella boshqaruvidagi Ferrari 296 GTS yo‘ldan chiqib ketib, beton to‘siqqa urilgan. To‘qnashuvdan so‘ng avtomobil yonib ketgan, haydovchi ichkarida qamalib qolgan. Mashinadagi yo‘lovchi esa keyinchalik shifoxonada vafot etgan. Internetda mazkur YTH aks etgan dahshatli video tarqalgan. Unda Ferrari yuqori tezlikda tunneldan chiqib, boshqaruvni yo‘qotgani va to‘siqqa urilib yonib ketgani aks etgan. Vins Zampella Call of Duty, Titanfall va Apex Legends kabi mashhur o‘yinlar yaratuvchisi sifatida tanilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News