Kaliforniya voyaga yetmaganlar nikohini rasman taqiqladi

Kaliforniya voyaga yetmaganlar nikohini rasman taqiqladi
  • 6
  • 02.10.2026 09:28:00
  • 1 min read

AQSHning Kaliforniya shtatida 18 yoshga to‘lmaganlar uchun nikoh qurish butunlay taqiqlandi. Tegishli qonunni gubernator Gevin Nyusom 30-sentabr kuni imzoladi. Qonun 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Qonunni imzolash marosimida 16 yoshida oilasi tomonidan 50 yoshli aktyor Dag Xatchisonga turmushga berilgan Kortni Stodden ham qatnashgan.
Yangi tartibga ko‘ra, voyaga yetmaganlarga ota-ona roziligi yoki sud ruxsati bilan ham turmush qurishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kaliforniyada 2000–2021-yillarda 35 mingga yaqin voyaga yetmagan nikohdan o‘tgan. Ularning aksariyati qizlar bo‘lgan.
Yangi qonun kuchga kirgach, 18 yoshni nikoh uchun minimal yosh sifatida istisnosiz belgilagan shtatlar soni 18 taga yetadi. Missisipi va Nyu-Meksikoda esa nikoh uchun qonunda belgilangan minimal yosh mavjud emas.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News