Kunduz cherkovda, kechasi klubda xizmat qiluvchi DJ ruhoniy

Kunduz cherkovda, kechasi klubda xizmat qiluvchi DJ ruhoniy
  • 0
  • 20.01.2026 14:52:00
  • 1 min read

Bayrut shahrida 52 yoshli portugaliyalik katolik ruhoniysi va DJ — Padre Gilerme (asl ismi Gilerme Peyshotu) tungi klubda pullik konsert bilan chiqish qildi. U elektron musiqani diniy xizmat bilan uyg‘unlashtirib, katta auditoriyani jamladi. Biroq tadbir mahalliy ayrim xristianlar va diniy xizmatchilar noroziligiga sabab bo‘ldi. Ular ruhoniyning bunday faoliyati xristian an’analari va cherkov axloqiga zid ekanini ta’kidladi. Ba’zi ruhoniylar e’tiqod bilan tungi hayot uyg‘unlashuvini tanqid qilgan bo‘lsa, boshqalar bu yondashuvni yoshlar bilan muloqot qilishning zamonaviy va innovatsion usuli sifatida baholadi. Instagram’da 2,7 million obunachiga ega DJ ruhoniy bu ishini “ma’naviy ifoda va yoshlar bilan til topishish yo‘li” deb atamoqda. Shunday qilib, u kunduzi cherkovda, kechasi esa klublarda DJ’lik qiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News