Arzon osh aksiyasini reklama qilgan tadbirkor jarimaga tortildi

Arzon osh aksiyasini reklama qilgan tadbirkor jarimaga tortildi
  • 0
  • 11.04.2026 09:52:00
  • 1 min read

Xorazm viloyatining Urganch tumanida tadbirkor ijtimoiy tarmoqlarda arzon osh aksiyasini reklama qilgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. U Instagram sahifasida oshni 7 ming so‘mdan sotish bo‘yicha aksiya e’lon qilgan. Tekshiruvlarda ushbu tadbir uchun tegishli ruxsat olinmagani aniqlangan.
Sud qaroriga ko‘ra, tadbirkor Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 200-1-moddasi bilan aybli deb topilib, unga 2 million 60 ming so‘m jarima tayinlangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News