
- 0
- 23.10.2025 13:00:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida avtobus haydovchisining yo‘lovchi ayolga jinsiy a’zosini ko‘rsatgani aks etgan video tarqaldi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi ayol bilan og‘zaki tortishuvdan keyin ushbu nojo‘ya hatti-harakatni qilgan. Bu holat boshqa yo‘lovchilar orasida ham keskin norozilik keltirib chiqargan. Ushbu holatdan so‘ng 1-avtopark rahbariyati haydovchi bilan profilaktik suhbat o‘tkazib, uni ishdan bo‘shatgan.