- 12
- 22.02.2025 15:07:00
- 1 min read
Ostonada avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yorug‘lik ustuniga borib urildi. Hodisa vaqtida avtobusda 25 nafarga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan. YTH oqibatida haydovchi va bir necha yo‘lovchi jarohat olib, zarur yordam ko‘rsatish uchun tibbiyot muassasasiga yetkazilgan. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan. Voqea sabablari va holatlari o‘rganilmoqda.