
- 0
- 14.05.2026 18:22:00
- 1 min read
Toshkentning Yakkasaroy tumanida yo‘lovchi avtobusi va Tracker avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
Hodisa bugun, 14 may-kuni Shota Rustaveli ko‘chasida yuz bergan.
Ma’lum qilinishicha, 69-sonli Yutong avtobusi BRT yo‘lagida harakatlanayotgan vaqtda Tracker haydovchisi yo‘nalishni keskin o‘zgartirib, avtobus bilan to‘qnashgan. YTH oqibatida avtobus yo‘lovchisi, Tracker haydovchisi va uning yo‘lovchisi tan jarohati olib, tibbiy yordamga murojaat qilgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.