
- 1
- 12.02.2026 15:42:00
- 1 min read
Ichki ishlar vazirligi jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevning akasi Shuhrat Qudratullayev haqida lavha e’lon qildi. Umri qamoqda o‘tayotgan Shuhrat Qudratullayev “ko‘cha” hayotiga havas qilib, ko‘p narsa yo‘qotishgani va “ko‘cha” hayoti havas qiladigan narsa emasligini aytib, pushaymonligini bildirdi. U shu vaqtga qadar 12 yil umrini jazo muassasasida o‘tkazgan. Ayni vaqtda u 10 yilu 6 oylik jazoni o‘tamoqda. Ichki ishlar vazirligi avvalroq “Baxti Tashkentskiy”ning o‘g‘li, Bekzod Zafarovning iqrorini ham e’lon qilgandi