
- 3
- 22.04.2026 13:13:00
- 1 min read
Buyuk Britaniyada “chekishdan xoli avlod” yaratish bo‘yicha yangi qonun qabul qilindi.
Parlament qaroriga ko‘ra, 2009-yil 1-yanvardan keyin tug‘ilganlarga sigaret sotib olish umrbod taqiqlanadi. Maqsad — kelajak avlodni tamaki iste’molidan butunlay himoya qilish.
Yangi qonun tamaki va veyp mahsulotlarini tartibga solishni ham kuchaytiradi. Endilikda bolalar bor mashinalarda, maktab va shifoxonalar oldida veyp chekish ham taqiqlanadi. Rasmiylar bu qarorni “millat salomatligi uchun tarixiy qadam” deb baholamoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston va qo‘shni davlatlarda ham so‘nggi yillarda elektron sigaretalarga nisbatan qat’iy cheklovlar joriy etilgan.